Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yil "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e’lon qilindi. Prezidentimizning Oliy Majlisga shu yil yanvardagi Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev oldiga ham neft va gaz sohasida tegishliligi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifa va topshiriqlar berildi.

Ushbu yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni amalda ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Raqamli iqtisodiyot, Raqamli kon va Markazlashgan dispetcherlik xizmatini bosqichma-bosqich joriy etish va uning samarali ishlashi yo‘lida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi.

Boshqaruv raisi Raqamli iqtisodiyot avvalo iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish, u korruptsiya va yashirin iqtisodiyotni yo‘qotishning asosiy yo‘li ekanligini ta’kidladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarishning texnologik jarayonlariga, neft va gazni qayta ishlashga, tabiiy gaz etkazilishiga raqamli tizimlarni tadbiq etish va keng qamrovda joriy etish maqsadida, "Raqamli kon" kontseptsiyasi ishlab chiqilgan.

Quduqlar va konlar ishlashining texnologik tartiblarini ishonchli boshqarish va monitoring qilishda tizimli ishlarni tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni bajarilini ta’minlash maqsadida Boshqaruv raisi maxsus "Ishchi guruh" tashkil etish kerakligini va ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, boshqarish, hisobot berish va onlayn tarzda nazorat qilish borasida kerakli vazifalarni ham belgilab berdi.

Bundan tashqari Markazlashgan dispetcherlik xizmatini yo‘lga qo‘yish ham o‘ta muhim ekanligi aytib o‘tildi va boshqaruvi markazlashtirilgan (dispetcherlashtirilgan) ob’ektlar - texnologik ishlash rejimi, ekspluatatsion holati ishonchli nazoratga olinishi belgilab berildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz