2019 yiling 02 avgust kuni majmuaning kichik majlislar zalida majmua ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘zaro hamkorlikda yil davomida har oy muntazam ravishda o‘tkazilib kelinishi rejalashtirilgan “O‘z kasbining mohir ustasi” tanlovining aprel va may oylari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishchi-xizmatchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

     Tadbir davomida o‘z mehnati bilan jamoada o‘rnak bo‘lgan tsex, bo‘lim, tarmoq va xizmat ishchi-xizmatchilarining bir guruhi majmuaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.