Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, barcha tarmoq va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 11-may kuni "Raqamli iqtisodiyot " va "Elektron hukumat"ni rivojlantirishning ustuvor vazifalari to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasi ishlab chiqilgan.

Mazkur strategiya doirasida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining bir guruh malakali mutaxassislari "Kompyuter savodxonligi va tashkilot faoliyatini raqamlashtirish" kursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz