Majmuamiz xodimlari "Salomatlik" spartakiadasida faxrli o'rinlarni egallashdi

Yurtimizda sogʼlom turmush tarzini keng targʼib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda turdosh korxonalar oʼrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi tomonidan "Salomatlik" spartakiadasi tashkil etildi.

Joriy yilning 17-18 sentabr kunlari sportning shaxmat, shashka, darts hamda stol tennisi kabi yoʼnalishlari boʼyicha Muborak gazni qayta ishlash zavodi tasarrufidagi "Nihol" bolalar dam olish oromgohida boʼlib oʼtgan spartakiada Qashqadaryo viloyati hududidagi 20 ga yaqin korxona va tashkilotlar jamoalari ishtirok etishdi.

Spartakiada "Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ jamoasi aʼzolari Eson Chorshanbiyev stol tennisi bo'yicha 1-o'rinni egallagan bo'lsa, sportning shaxmat turi bo'yicha ishtirok etgan Baxriddin Xalilov faxrli 3-o'rinni egalladi.

Maʼlumot uchun, mazkur spartakiada Sho'rtan gaz kimyo majmuasining 4 nafar ishchi-xodimlari: Uy-joydan foydalanish xizmati boshlig'i Eson Chorshanbiyev - stol tennisi boʼyicha, Elektr ta'minoti sexi xodimi Xalilov Baxriddin - Shaxmat boʼyicha, Uy-joydan foydalanish xizmati xodimi Aminova Komila - Shashka boʼyicha hamda Temir yo'l transporti bilan taʼminlash xizmati xodimi Normatova Sanobar-Darts boʼyicha ishtirok etishdi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz