Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Temir yo‘l transporti xizmati - RAILVAY, Maishiy xo‘jalik xizmati - AXO MIKS, TM va XA sexi - Tayyor mahsulot jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

RAILVAY jamoasi

Tayyor mahsulot jamoasi

AXO MIKS jamoasi

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Temir yo‘l transporti xizmatining - RAILVAY jamoasi 5 - ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga boy ruhda o‘tgan o‘yin yakuniga ko‘ra bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deya Maishiy xo‘jalik xizmatining - AXO MIKS jamoasi a’zosi Shaxnoza Yo‘ldoshova topildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz