“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kasaba uyushma qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusining ijrosini taʼminlash maqsadida majmua xodimlarining farzandlarini sogʻligini tiklash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtishini taʼminlash borasida tinmay izlanishdalar.

Shu jumladan Shahrisabz tumani Miraki qoʻrgʻonchasida joylashgan majmua tasarrufidagi “Lochin” bolalar dam olish oromgohi majmua xodimlarining bolajonlarini miriqib dam olishlari uchun xizmat qilmoqda. Har tomonlama qulayliklarga ega boʻlgan bu shinam maskan har smenada 1000 nafar bolalarni oʻz bagʻriga oladi. Bu yilgi mavsum boshqa yillardagi mavsumlardan farq qiladi, chunki har yilimavsumdabolalar 4 smenada dam oldirilsa, bu yilgi dam olish mavsumi 5 smenada davom etadi.

Shuningdek, oromgohda anʼanaga muvofiq har yili Orol boʻyi mintaqasining noqulay iqlim sharoitida joylashgan kam taʼminlangan oilalarning 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 500 nafar bolalari ham homiylik asosida dam oldiriladi.

     Oromgoh faoliyatining barcha tashkiliy, tarbiyaviy va ommaviy ishlarini rejalashtirish “Kamalak” bolalar tashkiloti, “Maʼnaviyat va maʼrifat”, “Ekosan”, “Vatanparvar”, “Umid” va boshqa hamkor tashkilotlar faoliyati yoʻnalishlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.

     Oromgohning barcha tadbirlari yozgi mavsum mavzusiga binoan tashkil etiladi: “Moda, moda”, “One by one”, “Obodonlashtirish kuni”, “Sogʻlik uchun marafoni”, “Sharq karvoni”, “Suv bayrami”, “MTV shou”, “Tanishtiruv”, har bir oqimning bayramona ochilish va yopilish marosimlari, “Zakovat” viktorinasi, Lochin STAR – 2019 loyihasi, Oʻzbekiston kuni va h.k.

     Oromgohda koʻplab toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyat yuritadi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, eng zamonaviy sport maydonlari, futbol maydoni (muxlislar uchun oʻrindiqlari bilan) voleybol va basketbol maydonlari, tennis stollari bolalar ixtiyoriga topshirilgan. Bundan tashqari oromgohda mavjud boʻlgan turli xil hajmdagi 11 ta suv havzalarida suzish boʻyichaoromgoh birinchiligi uchun bellashuvlar oʻtkazib turiladi.

     Oromgohda ushbu sport turlari boʻyicha Spartakiada oʻyinlari tashkil etilgan boʻlib, spartakiada natijalariga koʻra har oqimning yopilish marosimida eng epchil va chaqqon boʻlgan bolalar faxriy yorliq va medallar bilan taqdirlanadilar.

     Oromgohda “Mohir qoʻllar”, “Yosh musavvir”, “Haykaltaroshlik”, milliy va zamonaviy raqs, gilam toʻqish, tikish va toʻqish toʻgaraklari faoliyat yuritadi.

     Shuningdek, bolalar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida boy kitob fondiga ega boʻlgan kitoblar bilan taʼminlangan kutubxonaga istagan paytlarida tashrif buyurishlari ham mumkin.

     Muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan oromgohda har oqimda bir marotaba “Kitob bayrami” va uning asosida “Kitob yarmarkasi” tashkil etiladi. Yarmarka doirasida erkin kitob sotuvi yoʻlga qoʻyilgani. “Kitob bayrami” doirasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi ham oʻtkazilib, ushbu tanlovda gʻolib deb topilgan bolalar faxriy yorliqlar va kitoblar bilan taqdirlanadilar.