Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2019 yil 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targʻib qilish masalalari muhokama qilingan edi. Yigʻilishdadavlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish masalasiga toʻxtalar ekan, “Har bir rahbar oʻzining shaxsiy kutubxonasidan oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilsa, bu yaxshi tashabbus boʻlib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, deb taʼkidlagan edi.

290320192.jpg

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh direktori Shuhrat Aslanov oʻzi taʼlim olgan Qashqadaryo viloyat Qarshi shahridagi 10-umumtaʼlim maktabida boʻlib, maktab kutubxonasiga 150 dona turli mavzudagi adabiy va ilmiy-ommabop adabiyotlardan sovgʻa qildi. Oʻylaymizki, ushbu taqdim etilgan adabiyotlar umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlarning intellektual salohiyatlari oshishi, maʼnaviy dunyoqarashi yanada kengayishi, kelajakda albatta bilimli, tashabbuskor, novator, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yaxshi fazilatlarga ega boʻlib tarbiya topishlariga xizmat qiladi.