O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 29 iyundagi 443-sonli va 2018 yil 25 avgustdagi 685-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi PF-5552-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “Shurtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2019 yil 30 iyuldagi №094/4125-sonli buyurtma xatiga binoan «QASHQADARYO AUKSION SAVDO-IJARA XIZMATI» MChJ tomonidan 2019 yil 3 sentyabr kuni soat 11.00.dan Qarshi shaxri, A.Temur ko‘chasi 43-uy, jamiyat ofisi binosida tashkil qilinayotgan ochiq auktsion savdosiga “Shurtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli quyidagi ko‘chmas mulk ob’ektlari qo‘yilmoqda:

 
Ko‘chmas mulk ob’ekti nomi va joylashgan xududi Boshlang'ich bahosi (so'm)
1. Dehqonobod tumani Bibiqorasoch MFY hududida joylashgan “Energiya tejovchi lampalar ishlab chiqarish sexi” 4 421 817 571
2. Nishon tumani Nishon QFY hududida joylashgan “Tovuqxona kompleksi bino va inshootlari” 7 239 024 941
3. Dehqonobod tumani Bibiqorasoch MFY hududida joylashgan “Qandolatchilik” ishlab chiqarish sexi 1 793 996 851
4. Dehqonobod tumani Gumbuloq MFY hududida joylashgan “Makaron” ishlab chiqarish sexi 4 421 817 571
5. Dehqonobod tumani Bibiqorasoch MFY hududida joylashgan “Pechene ishlab chiqarish
sexi
2 653 278 695
6. Dehqonobod tumani Q.Baxshi Raximov MFY, Xo‘jamaxmud qishlog‘i hududida joylashgan “Echkichilik qo‘toni va cho‘pon uyi (74 dona echkilari bilan birgalikda) 200 908 020
7. Nishon tumani Nishon QFY, Nishon KNJKSh xo‘jaligi hududida joylashgan “Issiqxona” 1 888 350 741
8. Nishon tumani Nishon QFY hududida joylashgan 1000 boshga muljallangan “Molxona kompleksi” (112 bosh qora moli bilan birgalikda) 56 259 335 545

     Auktsion savdosida qatnashish uchun buyurtmanomalar e’lon chiqqan kundan boshlab har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 09:00 dan 18:00 gacha Qarshi shahar A.Temur ko‘chasi 43 uy, «QASHQADARYO AUKSION SAVDO-IJARA XIZMATI» MChJ ofisi binosida qabul qilinadi (soat 13.00 dan 14.00 gacha tushlik).
     Ushbu ob’ektlardan qay biri 2019 yil 3-sentyabr kunidagi savdoda sotilmay qolsa, 2019 yil 10 sentyabrdan boshlab har seshanba kunlari soat 11.00 dan o‘tkaziladigan ochik auktsion savdolariga sotilgunga qadar takroran qo‘yilishini oldindan ma’lum qilamiz. Buyurtmanomalar qabul qilish savdolardan bir kun oldin soat 18.00 da to‘xtatiladi.

 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi PF-5552-sonli Farmoni boʼyicha
1. Kutubxona binosi Qashqadaryo viloyati, Gʼuzor tumani Mustaqillik MFY 164 981 451

Dastlabki tanlov savdosi

5.08.2019

Tanlov asosida savdo. Zakalat puli miqdori 5 (besh)%, 10 kun ichida sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish hamda boshlang‘ich to‘lov (15%) ni amalga oshirishi, boshlang‘ich to‘lovdan qolgan qismini taklifida ko‘rsatilgan muddatda lekin 10 (o‘n) yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash
2. Non ishlab chiqarish sexi 104 563 017
      Ochiq tanlov auktsion savdolariga qo‘yilgan kutubxona binosi, non ishlab chiqarish tsexi hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi uchun tanlov shartlari:
   1. Ob’ektni yuqori bahoda sotib olish taklifi
   2. Eng qisqa muddatda to‘lovni amalga oshirish taklifi
   3. Boshlang‘ich to‘lovni eng yuqori foizdagi taklifi
   4. Ob’ektni yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini davom ettirish taklifi
   5. Qo‘shimcha ish o‘rni yaratish taklifi

     Savdo g‘olibiga savdo o‘tkazilgan kundan boshlab 10 (o‘n) kunlik muddat ichida ob’ekt sotilish bahosining 10 foizini (tulagan zakalat puli bilan birgalikda) to‘lab sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzish va qolgan 90 foizini shartnoma tuzilgan kundan boshlab 10 (o‘n) yil muddatda to‘liq to‘lash majburiyati yuklatiladi.
     Talabgorlar savdoda qatnashishlari uchun, savdo tashkilotchisi bilan tuziladigan zakalat kelishuviga asosan ko‘chmas mulk boshlang‘ich narxining 1 (bir) foizidan kam bo‘lmagan miqdoridagi zakalat pulini «Qashqadaryo auktsion savdo-ijara xizmati» MChJning “Ipoteka bank”     

     Qashqadaryo filialidagi MFO: 00190, INN: 303800663, 20208000200588679002 hisob raqamiga to‘lashlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
-auktsion savdosida qatnashish uchun ariza, zakalat puli to‘grisidagi kelishuvning nusxasi va zakalat puli to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;
- jismoniy shaxslar fuqarolik pasport nusxasi, yuridik shaxslar esa davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
-agar savdoda ishonchli vakil ishtirok etsa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaning asl nusxasi.
      Savdolarga qo‘yilgan mulklarni sotib olish istagida bo‘lgan talabgorlar sotuvchi va savdo tashkilotchisi vakillari ishtirokida bevosita joyiga borib tanishishlari mumkin.
Murojaat uchun manzil: Qarshi shahri, A.Temur ko‘chasi 43 uy
Mo‘ljal: VILOYAT RAQOBAT BOShQARMASI 2 qavatli binoning 2-qavati.
Telefonlar: (75) 225-11-44, (97) 310 11 44, (91) 462 74 14.
Jamiyat veb-sayti: www.auksionijara.zn.uz
Elektron pochta manzili: qasix1@umail.uz
Litsenziya: RR-0247
Qoʻshimcha murojaatlar uchun telefon raqam va internetdagi sayt:
“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ
BRIR boʻlimi telefon raqami 75 552 41 26 , 98 775 85 00, 91 217 55 50, 99 704 73 99