Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiya jadallashtirilmoqda

Mamlakatimiz taraqqiyotining bosh omillaridan biri jamiyat istiqbolini belgilaydigan va zamon talablariga javob beradigan taʼlim tizimini rivojlantirish masalasidir.

2901194.jpg

2019 yil 24 yanvarda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori Sh.Aslanov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan neft-gaz sohasiga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan navbatdagi uchrashuv oʻtkazdi.

2901192.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Sultanovning 2018 yil 9 martdagi “Respublikaning ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida korxonalarning zamonaviy mashina va mexanizmlarini ishlatish va xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni respublika taʼlim muassasalarida oʻqitishni tashkil qilish va servis xizmatlarini keng qoʻllashni nazarda tutgan holda malakasini oshirish yuzasidagi” chora-tadbirlari rejasi ijrosini taʼminlash yuzasidan tizimli ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.

2901193.jpg

Uchrashuv mobaynida oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida 2017 yil 27 iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ -3151-sonli qarori asosida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti (QMII)ning kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etilganligi va boshqa taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik ishlari olib borilayotganligi bildirildi.

2901196.jpg

Uchrashuv davomida QMII talabalari tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori Sh.Aslanovga oʻzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

SHGKM Xodimlarni qayta tayyorlash oʻquv markazi