2019 yil 19 aprel kuni “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning kichik majlislar zalida majmuaning material buyurtmalarni bajarish xizmati ishchisi Hamraeva Dilafro'zning “Dilsuyanchim onajon” she'riy kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimni majmuaning ijtimoiy rivojlantirish bo'yicha bosh mutaxassisi U.Xonqulov kirish so'zi bilan ochdi.

2404192.jpg

“Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ kasaba uyushma qo'mitasining rais o'rinbosari A.Botirov so'zga chiqib, kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan majmuada mehnat qilib kelayotgan xodimlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar muntazam o'tkazib kelinayotgani, muntazam ravishda ma'naviyat soatlarini o'tkazib kelinayotganligi, xodimlarning ma'naviy dunyoqarashi oshishini ta'minlash uchun turli xil ijodiy kechalar, uchrashuv va davra suhbatlari o'tkazib kelinayotganligini e'tirof etib, majmua xomiyligi asosida chop etilgan D.Hamraevaning ushbu kitobi bilan tabrikladi.

2404193.jpg

D.Hamraevaning ushbu kitobi bilan qutlab so'zga chiqqan kasaba uyushma qo'mitasining yo'riqchisi G.Suvankulova ushbu kitob dunyo yuzini ko'rishi munosabati bilan D.Hamraevaga atab yangi yozgan she'rini yig'ilganlarga o'qib berdi.

2404194.jpg

Majmua xodimlaridan Ikrom Eshpo'latov, Iroda Bobonazarova, Ixtiyor To'raev va Zohid Rashidov Dilafro'z Hamraevani “Dilsuyanchim onajon” kitobi bilan qutladilar.

D.Hamraeva yig'ilganlarga o'zining ushbu kitobini chop etilishida yaqindan yordam bergan hamkasblariga, majmua rahbariyatiga, kasaba uyushma qo'mitasiga o'zining minnatdorligini bildirdi. U yig'ilganlarga o'zining yangi she'rlaridan o'qib berdi.

Tadbir so'ngida “NASAF CINEMA” MChJ tomonidan “Opa” milliy badiiy filьmi namoyish etildi.