Joriy yilning 24 iyul kuni majmua tasarrufidagi Oʼsimchilik tarmogʼi dala shiyponida majmuaning 2019 yil 24 maydagi 096/53-F-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash hamda kasaba uyushma qoʼmitasining 2019 yil 19 iyuldagi 20-5-“S”-sonli qoʼshma qaroriga binoan 2019 yilda    Oʼsimchilik tarmogʼida yetishtirilgan boshoqli don ekinlar hosilini qisqa muddatlarda sifatli oʼrib-yigʼib olish va yuqori hosildorlikka erishishda faol ishtirok etgan ishchi-xizmatchilarni bir guruhini taqdirlash yuzasidan bayram tadbiri oʼtkazildi.
     Tadbirda bayramona dasturxon tuzalib, 2019 yilgi yigʼim-terim mavsumida faol ishtirok etgan 25 nafar ishchi-xizmatchilar majmuaning qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.