Gʻuzor shahridagi “Erkatoy - 4” MTMsida 9 yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida № 99750 – harbiy qism bilan hamkorlikda “Vatan muqaddas uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.

photo_2019-01-11_13-42-05.jpg photo_2019-01-11_13-42-08.jpg

MTM tarbiyalanuvchilari mehmonlarga kichik konsert dasturi namoyish etishdi. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan Ona Vatan haqida sheʼrlar, qoʻshiqlar va ajoyib raqslar ijro etildi.

photo_2019-01-11_13-42-11.jpg

Harbiylar bolalar bilan oʻta murakkab, mashaqqatli va shu bilan birga sharafli hamda muqaddas boʻlgan Vatan himoyachisi kasbi toʻgʻrisida davra suhbati olib bordilar.Bolalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Konsert dasturidan soʻng mehmonlar “Quvnoq startlar” sport musobaqasida ishtirok etishdi. Qiziqarli estafetalar hammani oʻz ichiga qamrab oldi va qalblarda iliq taassurot qoldirdi. Tadbir soʻngida harbiylar muassasa xodimlari va bolajonlarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar va tashkil etilgan unutilmas tadbir uchunfaxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladilar. Bolalar harbiylar bilan doʻstona va iliq munosabatda boʻlishdi. Haqiqiy harbiy askarlar bilan uchrashuv bolajonlar qalbida, yuragida unutilmas iz qoldirdi.

photo_2019-01-11_13-42-14.jpg