Davra suhbati oʼtkazildi

2020 yil 10 yanvar kuni “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJning katta majlislar zalida “Salomatlik – tuman boylik” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Ushbu davra suhbatiga “Bio Life Beauty” MChJ xodimlari M.Muxiddinova va Sh.Аkromova ishtirok etdilar.
“Bio Life Beauty” MChJ xodimlari Sh.Аkromova va M.Muxiddinovalar oʼz maʼruzalari mobaynida jamiyat faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, inson salomatligi bilan bogʼliq baʼzi muammmolar va ushbu muammolarni dori vositalarisiz, tabiiy mevalardan tayyorlangan siroplar orqali hal etish, salomatlikni saqlash uchun birinchi navbatda toʼgʼri va sogʼlom ovqatlanish zarurligi toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdilar.

Tadbir soʼnggida “NASAF CINEMA” MChJ va majmua tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisidagi qonunni hayotga tadbiq etilishini taʼminlash, xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish maqsadida yoshlarning ijtimoiy hayotiga oid “1 avgust” nomli badiiy filьmi namoyish etildi.