“Vatan himoyasi – muqaddas burch!”

16-January, 2019-yil Majmua yangiliklari

2019 yil 14 yanvar kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning katta majlislar zalida tasdiqlangan rejaga asosan “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” mavzusida maʼnaviyat soati oʻtkazildi. Ushbu maʼnaviyat soatida majmuaning ijtimoiy rivojlanishboʻyicha bosh mutaxassisi U.Xonqulov 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilanganligi toʻgʻrisida maʼruza qildi.

11.jpg

.

22.jpg

Maʼruzadan soʻng yigʻilganlarga “NASAF CINEMA” MCHJ tomonidan “Oʻzbekkino” studiyasida tarixiy voqealarga asoslanib suratga olingan Vatanga sadoqat ruhi bilan yoʻgʻrilgan “Isloxoʻja” badiiy filmi namoyish etildi.

33.jpg

.

44.jpg

Badiiy film namoyishidan soʻng majmua tasarrufidagi “Erkatoy” MTM tarbiyalanuvchilari oʻzlarining bayramona konsert dasturinii yigʻilganlarga bayram tuhfasi sifatida taqdim etdilar. Ushbu konsert dasturida Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar, raqslar, sheʼriy kompozitsiyalar bolajonlar tomonidan mahorat bilan namoyish etildi. Bayramona konsert dasturini taqdim etishda faol ishtirok etgan 60 nafar bolajonlarning har biriga majmua maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi. Oʻylaymiz-ki, ushbu bebaho sovgʻaga ega boʻlgan har bir bola kelajakda albatta maʼnaviyati yuksak, tiyran fikrli, oʻz ona Vataniga sadoqatli inson boʻlib yetishadi.

55.jpg