Bayroq – insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biridir.

Zero milliy bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro miqiyosda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Ana shunday lahzalarda bayrog‘imizga, Ona vatanimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va daxldorlik hissi qalbimizda jo‘sh urish bilan birga, xalqimiz hayotida sodir bo‘lgan eng muhim hodisalar mohiyatini bilib olishda kalit hisoblanadi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki yilidanoq mamlakat suverenitetining muhim belgisi – Davlat bayrog‘iga ega bo‘ldi.

"O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan kunga 29 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab aholi vakillari ishtirokida «Davlat bayrog‘i — faxrim, g‘ururim!» shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘ziga xos xeshtegda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.