“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG” milliy brendi ostida neftь va gaz mahsulotlarini sotishni amalga oshiruvchi yoqilg‘i qo‘yish stantsiyalari tarmog‘ini birlashtiruvchi “UNG Petro” korxonasi 2020 yil 21 may kunidan e’tiboran, yuridik shaxslarga ham xizmat ko‘rsatishni boshlamoqda.

Barcha yuridik shaxslar korxona bilan shartnoma imzolashlari, to‘lovni pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirishlari hamda tegishli plastik kartochkalari orqali yoqilg‘i qo‘yish stantsiyalari xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Shartnoma tuzish, xizmat ko‘rsatish shartlari, yoqilg‘i qo‘yish stantsiyalarida sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq ma’lumotlarni +998 90 008-68-88 telefon raqami va telegramdagi @UNG_Petro_Bot orqali olishingiz mumkin.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz