“O'zbekneftgaz” AJ va O'zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushma qo'mitasi Respublika Kengashi Rayosatining 2019 yil 4 apreldagi 8/15-17 “s”-sonli Qo'shma qaroriga asosan Sohibqiron Amir Temurning davlatchilikni mustahkamlash borasidagi faoliyati hamda “Temur tuzuklari” risolasining mazmun-mohiyatini yoshlarga targ'ib etish maqsadida “O'zbeknefgaz” AJda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2019 yilda belgilangan chora-tadbirlar dasturining 15-bandigan muvofiq 2019 yilning 12-13 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag'ishlangan “Kuch adolatdadur!” mavzusida yoshlar anjumani o'tkazildi..

1504193.jpg

Mazkur anjuman “O'zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan 320 nafar yoshlarni o'zida mujassam etdi.

1504194.jpg

.

1504195.jpg

Anjuman kun tartibiga ko'ra ishtirokchilar birinchi kuni Shahrisabz shahridagi tarixiy ziyoratgohlar, jumladan, Dorus-saodat majmuasidagi Xazrati Imom maschiti, Amir Temurning farzandi Jahongir Mirzo makbarasini, Dor-ut Tilovat majmuasidagi Ko'kgumbaz jome maschiti, Shamsiddin Kulol va Gumbazi Sayyidon makbarasi, Oqsaroy va shu kabi tarixiy qadamjolarda ziyoratda bo'lishdi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari Amir Temur tarixi muzeyida ham bo'lishib, Amir Temur va temuriylar davrini o'zida aks etgan ekspoziцiyalar bilan tanishishdi.

1504196.jpg

.

1504197.jpg

Anjumanning ikkinchi kuni Shahrisabz Madaniyat saroyida “Kuch adolatdadur!” anjumanininng rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida O'zbekiston yoshlar ittifoqi “O'zbekneftgaz” AJ tizmidagi boshlang'ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yetakchilar Kengashi raisi D.Isanbekov hamda Neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh yuriskonsulьti U.Gaziev ochib berishdi. Anjuman doirasida tashkil etilgan seminarga falsafa fanlari nomzodi, professor A.Erkaev Amir Temur va temuriylar tarixi hamda “Temur tuzuklari” to'g'risida yoshlarga ma'lumot berib o'tdi. Shahrisabz Madaniyat saroyi ijodiy guruhi tomonidan tayyorlangan Amir Temur hayotiga bag'ishlangan qisqacha teatrlashtirilgan dasturi namoyish etildi.

1504198.jpg

.

1504199.jpg

Shuningdek, anjuman doirasi Neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh yuriskonsulьti U.Gaziev tomonidan Xalqaro Mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida tarmoq tizimidagi korxonalarning jamoa shartnomalarida yoshlarning o'rni va ular uchun yaratilayotgan ijtimoiy kafolatlar to'g'risida davra suhbati olib borildi hamda yoshlar bilan o'zaro fikr almashinuvi yuzasidan ijtimoiy so'rov o'tkazildi.

15041991.jpg

Anjuman yakunida ishtirokchilarga “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.