2016 yil 5 mart kuni majmuada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturiga binoan majmua xotin-qizlari uchun “8 mart – Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi va majmua Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorlikda “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Yig‘ilishlar zali bayramona bezatilib, tadbir qatnashchilari uchun “Erkatoy-4” MTMsi tarbiyalanuvchilari hamda majmua badiiy jamoasi tomonidan musiqiy dastur va qiziqarli o‘yinlar namoyish etildi.
Majmuada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlar faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandi.