5 iyun - Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida tashkil etilgan tadbirda Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti va yana soha bo‘yicha bir qator tashkilot hamda korxona rahbarlari, majmua ishchi-xodimlari, Viloyat Ekologik partiyasi faollari, talabalar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi, xususan, sohaning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganligini, dunyoning qariyb barcha davlatlarida keng nishonlanadigan Butunjahon atrof-muhit kunining ekologik muammolar tobora globallashib borayotgan bugungi kundagi ahamiyati nechog‘lik muhimligini alohida qayd etdilar.

Tadbirning birinchi qismi yakuni jamiyatda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borish, ishchi xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Eng ekologik toza sex” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini e’lon qilish va ularni taqdirlash marosimi bilan davom etdi. G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

“Eng ekologik toza sex” ko‘rik tanlovining 1-guruhi bo‘yicha:
1-o‘rin Zavod markaziy laboratoriyasi mehnat jamoasi
2-o‘rin Polietilen ishlab chiqarish tsexi mehnat jamoasi
3-o‘rin "Bug‘gazhavo" ta’minoti tsexi mehnat jamoasi

“Eng ekologik toza sex” ko‘rik tanlovining 2-guruhi bo‘yicha:
1-o‘rin Omborlarni boshqarish xizmati mehnat jamoasi
2-o‘rin Oqova suvlarni tozalash tsexi mehnat jamoasi
3-o‘rin Maishiy xo‘jalik xizmati mehnat jamoasi

Shu bilan birga Ekologik partiya faollariga esdalik sovg‘alarini topshirish marosimi ham o‘tkazilib birinchi qismga yakun yasaldi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning Ekologiyani asrash va hududda yashil belbog‘ yaratish borasidagi ishlari yuqori baholanib G‘. Ibragimov boshchiligidagi jamoa tomonida majmua rahbari taqdirlandi.

Tadbirning ikkinchi qismi “Sho‘rtan yashil makon” MCHJ “Pavloniya” bog‘ida ko‘chat ekish aksiyasini o‘tkazish va bog‘ni ochilish marosimi bilan davom etdi.

Yangidan tashkil etilayotgan bog‘ kiraverishida majmua tomonidan suv tanqis hududlarda bog‘ barpo etish borasida xalqaro tajriba o‘zlashtirilib ayni paytda bu boradagi texnologiyalarning mahalliylashtirilgan namunalari, tomchilatib sug‘orishda ishlatiladigan uskunalrining ko‘rgazmaisi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy qismida faxriy mehmonlar va tadbir ishtirokchilari yangidan tashkil etilayotgan Pavloniya bog‘iga o‘zlarining ko‘chatlarini ekishdi.

Tadbirning amaliy qismi “Sho‘rtan yashil makon” MCHJ tomonidan tashkil etilgan ko‘chatxona bilan mehmonlarni tanishtirish bilan yakunlandi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz