Aziz do‘stlar!
Qadrli energetika sohasi vakillari!

Sizni bugungi kasb bayramingiz –  Energetiklar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Energetiklar mas’uliyat, vijdon va intizom bilan ajralib turadilar. Bu – zimmasida katta mas’uliyat bo‘lgan ajoyib insonlarga xos fazilatlar. Mehnatingiz uchun tashakkur!

Sizlarga va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi xizmatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 

Hurmat bilan,

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi