“14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

11-January, 2019-yil Majmua yangiliklari

2019 yil 10 yanvar kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning katta majlislar zalida Mudofaa Vazirligi toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari Qoʻmondonligi tassarufidagi 99750-harbiy qism shaxsiy tarkibi ofitser, serjant va askarlari, faxriylari va majmuada mehnat qilib kelayotgan Afgʻoniston urushi qatnashchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Ushbu bayram tadbirida harbiy qism rahbariyati vakili va majmua rahbariyati vakili ishtirokchilarga bayram tabriklarini yoʻlladilar. 35 nafar harbiy qismning faol xodimlariga qimmatbaho esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

2222.jpg 3333.jpg

Majmuada mehnat qilib kelayotgan 21 nafar Afgʻon urushi ishtirokchilarining har biri ish beruvchi tomonidan Respublikada oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining   5 (besh) barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantirildilar.

4444.jpg

Bayram tadbirida harbiy qismning QVZ jamoasi oʻzining bayramona chiqishi bilan barchaga xushnudlik ulashdi. Sanʼatkorlarning musiqiy chiqishlari bayram ishtirokchilariga bayramona kayfiyat baxsh etdi. Bayram tadbiri bir piyola choy ustida qizgʻin suhbatlar bilan davom etdi.

5555.jpg

Shundan soʻng bayram ishtirokchilari Qarshi shahrida joylashgan“Vatanparvarlar bogʻi” ga sayohatga chiqdilar.

6666.jpg 7777.jpg