Yangiliklar

Barcha jismoniy va yuridik ishbilarmon va tadbirkor shaxslar diqqatiga!

"Шуртан ГКМ" МЧЖ бўйича Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2017 йил 29-июндаги 443-сонли карори, 2018 йил 25-августдаги 685-сонли карори (1-2-илова) ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли Фармонига кўра аукцион савдоларига қўйилган объектлар

Batafsil…

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunining 100 yilligi munosib nishonlandi

2019 yil 26 aprel kuni “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ning katta majlislar zalida 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunining 100 yilligi munosabati bilan “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Batafsil…

Hamraeva Dilafro'zning “Dilsuyanchim onajon” kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi

2019 yil 19 aprel kuni “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning kichik majlislar zalida majmuaning material buyurtmalarni bajarish xizmati ishchisi Hamraeva Dilafro'zning “Dilsuyanchim onajon” she'riy kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimni majmuaning ijtimoiy rivojlantirish bo'yicha bosh mutaxassisi U.Xonqulov kirish so'zi bilan ochdi.

Batafsil…

Maktabgacha ta'lim muassasasida Singapur tajribasi qo'llanilmoqda.

«Erkatoy» maktabgacha ta'lim muassasasi pedagoglari o'z faoliyatida singapur texnologiyalari asosida ta'lim jarayonini tashkillashtirish harakatida.

Batafsil…

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag'ishlangan “Kuch adolatdadur!” mavzusida yoshlar anjumani o'tkazildi

Mazkur anjuman “O'zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan 320 nafar yoshlarni o'zida mujassam etdi.

Batafsil…

“SMART TIME” intellektual teleloyihasida ishtirok etildi

Ushbu teleo'yinda majmua yoshlari 2 shart asosida o'zaro bellashuv olib borishdi. Birinchi shartda yoshlarimiz Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va “Xamsa” asariga oid savol javoblarda ishtirok etishgan bo'lishsa, ikkinchi shartda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy, davlat boshqaruvidagi ishtiroki, bizgacha yetib kelgan ma'naviy merosi va “Xamsa” asari haqida taqdimot (prezintasiya) o'tkazishdi.

Batafsil…

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida o'quv kursi tashkil etildi

“O'zbekneftgaz” AJning 2019 yil 19 martdagi 13-2361-sonli topshirig'iga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va “O'zbekneftgaz” AJ o'rtasida imzolangan ilmiy-amaliy hamkorlik to'g'risidagi kelishuvning ijrosini ta'minlash maqsadida majmua yoshlar ittifoqi Kengashi raisi U.Ismatov 2019 yilning 27 martidan 8 apreligacha malaka oshirish kursida ishtirok etdi.

Batafsil…

Kasaba uyushmasining mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqchisi malakasini oshirib qaytdi.

To'raev Ixtiyor Tohirovich joriy yilning 1-5 aprelь kunlari “O'zbekiston kasaba uyushmalari Federaцiyasining O'quv markazi” NTM O'zbekiston neftь-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi boshlang'ich tashkilotlarning mehnat muhofazasi komissiyasi raislarining malakasini oshirish bo'yicha o'tkaziladigan o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etib 40 soatlik dasturni o'zlashtirib qaytdi.

Batafsil…

Prezident tashabbusi amalda etmoqda davom

Yig'ilishda davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish masalasiga to'xtalar ekan, “Har bir rahbar o'zining shaxsiy kutubxonasidan o'zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg'a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo'lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi”, deb ta'kidlagan edi. Ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan holda O'zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Shuhrat Qurbonov o'zi ta'lim olgan Qashqadaryo viloyat G'uzor tumani 4-o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Batafsil…

Ziyo ulashuvchi avlod an’anasi etadi davom.

Xolboy Xonqulov oʻzi tugʻilib oʻsgan Kasbi tumani Qatagʻon qishlogʻida shaxsiy mablagʻi hisobidan “Yoshlar markazi”ni qurib foydalanishga topshirgan. Ushbu yoshlar markazida kutubxona – axborot-resurs markazi, qiroatxona, kompyuter savodxonligi xonasi va boshqa turdagi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bino qishloq yoshlari uchun ayni muddao boʻldi.

Batafsil…