Funksional vazifalari
  • mavjud bo‘lgan aniq vaziyatdan kelib chiqgan holda avtotransport, temir yo‘l, jamlash xizmati, makaron va qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchastkasi, eshilgan ip ishlab chiqarish sexi xodimlarining faoliyatini nazorat qilish va vazifalarini belgilash;
  • unga ishonib topshirilgan bo‘linmalarning kadrlarini saralash va joylashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • ombor operatsiyalari bo‘yicha operativ hisob-kitob olib borishni tashkil etish, moddiy boyliklar hisob-kitobini va saqlanishini o‘z vaqtida nazorat qilish;
  • ishonib topshirilgan sexlar va xizmatlar ehtiyojlari uchun sotib olinadigan moddiy boyliklarning narxi va sifati ustidan doimiy nazorat o‘rnatish;
  • ShKM transport bo‘yicha faoliyatiga taaluqli bo‘lgan shartnomalarni tuzadi va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri ShGKM komplektatsiyasi faoliyatiga taaluqli bo‘lgan kiruvchi yozishmalarni va masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish;
  • transport faoliyatini tashkillashtirish yo‘li bilan tashkilot rejasini amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ShGKMning yagona tashkiliy siyosatini o‘tkazish;
  • transport faoliyati ishlarini tashkillashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi va ushbu masalalar bo‘yicha ShGKM bo‘linmalari bilan aloqada bo‘ladi;
  • o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi xodimlarni saralash va joylashtirish, takliflar berish, mehnat intizomi mustahkamlash, o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi barcha xodimlarni ichki mehnat tartib qoidalarini bajarilishini taminlash;
  • korxonaning transport faoliyatini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilish, transport faoliyatini, makaron va qandolatchilik mahsulotlar va eshilgan ip ishlab chiqarish bo‘yicha vazifalarni va majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash;
  • smeta-moliya va boshqa hisob-kitoblarni, belgilangan hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash va transport faoliyati rejalarini amalga oshirish;
  • yuk va yo‘lovchi tashishlarni takomillashtirishga qaratilgan harakatlarni tadbirlarni tegishli transport tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish va ularning takomillashtirilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • Yoqilg‘i-moy mahsulotlari, sarflanuvchi materiallar me’yorlarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi va me’yordan ortiq bo‘lgan zaxiralarning mavjudligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilish;
  • ATS, TYS, transport-dispetcherlik xizmati, makaron va qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchastkasi va eshilgan ip ishlab chiqarish sexini belgilangan tartibda tekshirishni va nazoratni amalga oshirish;
  • yollangan transport kompaniyalarining shartnoma majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish;
  • ShGKM transport faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish, transport faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalar va tadbirlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlashda ishtirok etish;
  • mahsulotlarni tashish va uzilishlarni oldini olish bo‘yicha DATYK “O‘zbekiston temir yo‘llari” bo‘linmalari bilan samarali hamkorligini ta’minlash;
  • ShGKM transport faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish va kiruvchi yozishmalarni ko‘rib chiqish.

 

  Transport faoliyati, konteynerlar-tanklarni ijara berish bilan bog‘liq shartnomalarni imzolash:

  1. avtotransport bo‘limi faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar;
  2. temir yo‘l faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar;
  3. makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha uchastka faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar;
  4. eshilgan ip ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar.

So‘nggi o‘zgartirish: 05.04.2018

Ishonch telefoni
(+998 75) 552-42-54
Sotish va marketing
(+998 75) 552-41-88
Devonxona
(+998 75) 552-41-58