Funksional vazifalari

Quyidagilar bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:

  • Ishlab chiqarishning ketishini va boshqaruvning boshqa turdagi faoliyatlarini doimiy tezkor operativ nazorat qilish;
  • xom ashyo gazni qayta ishlash asosiy texnologik jarayonlarni, ishlab chiqarishni va tayyor xom ashyo zahiralar istemolining balansini ishlab chiqarishni tashkillashtirish, xom ashyo gazni qayta ishlash samarali texnologiyalarni joriy etish;
  • texnologik sexlar va boshqaruv xizmatlarning ishlarini muvofiqlashtirish, ishlab chiqarishni xom ashyo, reagentlar, energoresurslar va materiallar bilan ta’minlash;
  • ishlab chiqarishning bir maromli ishlashini va ishlab chiqarish dasturiga va sexlar va xizmatlarning smenalik-kundalik vazifalarga muvofiq bir tekisda gazni qabul qilish, amaldagi GOST lar, TU ga muvofiq ishlab chiqarishni ta’minlash;
  • texnologik qurilmalarni oqilona yuklashni tashkilashtirish va texnologik reglamentlarga rioya qilish nazoratini o‘tkazish;
  • xavfsizlik texnikasi, shu jumladan, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash bo‘yicha, mehnat muhofazasi bo‘yicha, ishlab chiqarishda shikastlanishni va kasb kasalliklarini oldini olish va kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha ishlarni tashkillashtirish;
  • import uchun moddiy va texnik resurslarni sotib olish uchun tender komissiyasi faoliyatini tashkil etish;
  • sexlar bo’limlari va umuman boshqarma uchun ishlab chiqarish dasturlarni va kalendar jadvallarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • mahsulotni qayta ishlash va yuklab jo‘natish bo‘yicha oylik hisob-kitobni tayyorlash, uskunalarning planlashtirilgan-ogohlantiruvchi remont jadvallarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • texnologik rejimidan barcha og‘ishlar va avariyalar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish haqida ma’lumotni o‘z vaqtida ShGKM boshqaruviga berish;
  • mehnat sharoitlarini yengillashtirish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan yangi texnika, texnologiyalar, ratsionalizatorlik, ilg‘or tajribalar bo‘yicha tadbirlarni joriy etishni tashkillashtirish;
  • o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi xodimlarni saralash va joylashtirish, takliflar berish, mehnat intizomi mustahkamlash, o‘ziga bo‘ysunadigan bo‘limlardagi barcha xodimlarni ichki mehnat tartib qoidalarni bajarilishini taminlashi;
  • Ishlab chiqarish dispecherlik xizmati, Tayyor mahsulot va xom ashyo, tayyor mahsulot tarmog‘i, Etilen, Polietilen, “Qarshitermoplast” va boshqa sexlarning belgilangan tartibda ishlashini tekshirish va nazorat qilish hamda ularning faoliyatini boshqarirish;
  • ShGKM ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli shartnomalarni va boshqa hujjatlarni tuzish va tasdiqlash;
  • ShGKM ishlab chiqarish faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lgan masalalar va kiruvchi yozishmalarni ko‘rib chiqish va hal etish;
  • ShGKM sanoat xavfsizligini ta’minlash;
  • ShGKM mahsulotining xarajatini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

  SHGKM ishlab chiqarish faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lgan xizmatlar shartnomalini imzolash.
Barcha zarur hujjatlarni imzolaydi, taqdim etadi va qabul qiladi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan amallarni bajarish maqsadida qaratilgan barcha proseduralar va rasmiyatchiliklarni amalga oshiradi.

So‘nggi o‘zgartirish: 09.11.2018

Ishonch telefoni
(+998 75) 552-42-54
Sotish va marketing
(+998 75) 552-41-88
Devonxona
(+998 75) 552-41-58