Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Ma’muriy boshqaruv apparatining "OPTIMUS", Ishonchlilikni boshqarish xizmatining "ISHONCH", Umumiy ovqatlanish sexining "MASTER CHEF" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Ma’muriy boshqaruv apparatining "OPTIMUS" jamoasi 7 ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan intellektual shousining dastlabki bellashuvining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Ma’muriy boshqaruv apparatining "OPTIMUS" jamoasi a’zosi Hasan Roziqov e’tirof etilib, majmua ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz