Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda ham ushbu sohada olib borilishi lozim bo‘lgan masalalar, majmuada mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarga yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar, ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lgan uchrashuvda majmuaning faol xotin-qizlari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda majmua Bosh direktori Shuxrat Aslanov majmua xotin-qizlarini jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun majmuada amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lum qilib o‘tdi.

Jumladan:

● Majmuada xotin-qizlar Kengashi tuziladi va unga har bir bo‘g‘indan yetakchilar saylanadi;

● Majmuada alohida "Xotin-qizlar qabuli kuni" tashkil qilinadi;

● Xotin-qizlarni sohalar kesimida qayta tayyorlash hamda ularni kasbga yo‘naltirish va malakasini oshirib borish choralari ko‘riladi.

Uchrashuv davomida majmua xotin-qizlari o‘zlarining ko‘plab fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi.

Ma’lumot o‘rnida, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJda 678 nafar xotin-qizlar faoliyat olib borishadi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz