Ekologik partiya yigʼilish oʼtkazildi

2019 yil 10 may kuni majmuaning kichik majlislar zalida 2019 yil 8 yanvarda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi taʼsis etilishi munosabati bilan partiyaning Аsosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yoʼnaltirilgan davlat siyosatini roʼyobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi boʼlishiga koʼmaklashish yuzasidan yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy boʼlimi rahbari N. Halimov ishtirok etib, majmua ishchi-xizmatchilariga pariyatning dasturiy maqsadi va vazifalari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berib oʼtdi.
Yigʼilish mobaynida majmua ishchi-xizmatlari tomonidan oʼzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.