2018 yilning 28 dekabr kuni majmuaning katta majlislar zalida majmua xotin-qizlar qoʻmitasining 2018 yil yakunlari boʻyicha hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda majmua xotin-qizlar qoʻmitasi raisi N.Achilovaning majmua xotin-qizlar qoʻmitasining 2018 yilgi faoliyati yuzasidagi hisoboti tinglandi.

Shuningdek, hisobot yigʻilishi soʻnggida oʻtgan davr mobaynida oʻzining faolligi, tashabbuskorligi, oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondoshgan va xulq atvori bilan mehnat jamoasidagi boshqa xotin-qizlarga oʻrnak boʻlganxotin-qizlarning bir guruhi qimmatbaho sovgʻa va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.