Majmuada "BREYN RING" intellektual shousining dastlabki bellashuvi bo‘lib o‘tdi

 

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "BREYN RING" intellektual shousining birinchi bellashuvi Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR", Polietilen ishlab chiqarish tsexining "UzClear" hamda Oqova suvlarni tozalash tsexining "EKOLAYT" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

"АРИСТОКРАТЛАР" жамоаси
"UzClear" жамоаси
"ЭКОЛАЙТ" жамоаси

 

9 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR" jamoasi 4 ball bilan dastlabki bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

 

Qiziqarli bahs munozaralar hamda musiqiy tanaffuslarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz