Oʻzbekiston neft-gaz geologiya xodimlari kasaba uyushmasiRayosatining 2018 yil 19 oktyabrdagi 13-22-sonli qaroriga binoan neft-gaz va geologiya tarmogʻi boʻyicha respublika miqyosida oʻtkazilgan “Oʻz kasbining mohir egalari” tadbirining 4-bosqichi yakuniga yetdi.Oʻtkazilgan ushbu tadbir natijasiga koʻra “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ elektrotexnika laboratoriyasi ustasi Abdinazar Berdimuratovich Boyboʻtayev gʻolib deb toplib Oʻzbekiston neft-gaz geologiya xodimlari kasaba uyushmasining faxriy yorligʻi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.