Joriy yilning 16 noyabr kuni “Gazprombank” AJ va “Kriogenmash” OAJ rahbariyati Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida qurilishi yakunlanayotgan “Uzbekneftegaz GTL” zavodining qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida “Uzbekneftegaz GTL” zavodi qurilishining hozirgi holati, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj, sozlash va ishga tushirish ishlarining borishi haqida taqdimot o‘tkazildi, shuningdek, “Kriogenmash” OAJ tomonidan loyihalashtirilgan va hozirda qurilishi davom etayotgan havo ajratish qurilmasi bilan yaqindan tanishib o‘tildi va qurilmaga oid bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ayni paytda GTL zavodining qurilish maydonida jami 12,1 mingdan ziyod ishchilar jalb qilingan, qurilish maydoniga 800 ta qurilish va maxsus texnika safarbar etilgan.

 

“Gazprombank” AJ “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etmoqda.

 

Tashrif dasturi doirasida “Uzbekistan GTL” MChJ, “O‘zbekneftgaz” AJ va “Enter Engineering Pte. Ltd.” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi va unda kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va amalga oshirilayotgan ishlarni jaddalashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

 “Uzbekistan GTL” kompaniyasining axborot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz